Biroz avval Navoiy viloyati Konimex tumani Karakata O.F.Y. hududida joylashgan Lolazor nomli cho`l hududida tuproq tarkibidan tillo qumlarini kavlab olish bilan shug`ullangan bir guruh fuqarolar qum ostida qolgani haqida xabar bergan edik.
Bosh prokuratura matbuot xizmati holat yuzasidan qo`shimcha ma`lumot berdi.
"Tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda" deyiladi xabarda.
Eslatib o`tamiz, baxtsiz voqeada 4 nafari vafot etgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda 40-50 kishini qum bosib qolganligi haqida tarqalgan ma`lumotlar haqiqatga tug`ri kelmaydi.






