AsosiyJamiyat

"4 nafari vafot etgan". Navoiyda 40-50 kishini qum bosib qolgani aytilgan xabar bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi

'"4 nafari vafot etgan". Navoiyda 40-50 kishini qum bosib qolgani aytilgan xabar bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Zarafshondagi eski tilla konida 40-50 kishini qum bosib qolganligi haqida  ma`lumot tarqalgan edi. Holat yuzasidan Navoiy viloyati IIB munosabat bildirdi:

Navoiy viloyati Konimex tumani Karakata O.F.Y. hududida joylashgan Lolazor nomli cho`l hududida tuproq tarkibidan tillo qumlarini kavlab olish bilan shug`ullangan bir guruh fuqarolar qum ostida qolganligi (4 nafari vafot etgan) holati yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.  

Ijtimoiy tarmoqlarda 40-50 kishini qum bosib qolganligi haqida tarqalgan ma`lumotlar haqiqatga tug`ri kelmaydi.

    Boshqa yangiliklar