AsosiyDunyo
5536

YouTube’da namoyish etilgan ilmiy tajribani takrorlagan o`smir halok bo`ldi

AQShning Ogayo shtatida yashovchi o`smir bola YouTube’da ko`rgan ilmiy tajribani takrorlash oqibatida tok urib o`lgan, deb xabar berdi “Segodnya.ua” nashri .

Bolani ota-onasi garajdan topishgan va zudlik bilan “Tez yordam”ga qo`ng`iroq qilishgan. Kasalxonada tibbiyot xodimlari uning o`limini rasman tasdiqlashgan.

Polisiya vakili Jared Oliverning ma`lumot berishicha, bola maktabdan berilgan uyga vazifani bajarmagan. Polisiyachilar garajdan “Iakovo pillapoyasi” deb ataluvchi qurilmani topishgan. Bunday tajribani o`tkazish jarayonida bu qurilma o`zidan katta tok chiqaradi.

YouTube’ga ushbu tajribani qay tarzda o`tkazish bo`yicha turli-tuman videolavhalar qo`yilgan. Videoroliklarning hammasida ham tajriba inson hayoti uchun xavfliligi haqida ogohlantirishlar berilmagan. Bundan tashqari, bunday qurilmani topish yosh bolaga ham qiyinchilik tug`dirmaydi.

Boshqa yangiliklar