"O`zgidromet"ning ma`lumotiga ko`ra, bugun, 18 noyabr kuni kunduzi O`zbekiston hududida yog`ingarchilik kutilmaydi.
Respublika bo`yicha ba`zi joylarga tuman tushadi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 0-5° iliq bo`ladi.
Poytaxtda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 2-4° iliqgasha isiydi.
Tog`li hududlarda yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarda tuman tushishi mumkin. Havo harorati 0-5° sovuq bo`ladi. Yo`llarda ba`zi joylarda qor uyumlari, yaxmalak yuzaga keladi.






