Kecha yurtimizda 300 nafarga yaqin bemor koronavirusdan to`liq sog`aydi, 3 nafar bemor vafot etdi.
2021 yil 17 noyabr holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 190584 (+252) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
4 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida,
16 nafari Andijon viloyatida,
5 nafari Buxoro viloyatida,
3 nafari Jizzax viloyatida,
4 nafari Navoiy viloyatida,
11 nafari Namangan viloyatida,
15 nafari Samarqand viloyatida,
2 nafari Sirdaryo viloyatida,
3 nafari Surxondaryo viloyatida,
18 nafari Farg`ona viloyatida,
27 nafari Xorazm viloyatida,
68 nafari Toshkent viloyatida,
76 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
️Kecha kun davomida:
Qoraqalpog`iston Respublikasida 9 nafar,
Andijon viloyatida 16 nafar,
Buxoro viloyatida 8 nafar,
Jizzax viloyatida 5 nafar,
Navoiy viloyatida 1 nafar,
Namangan viloyatida 18 nafar,
Samarqand viloyatida 30 nafar,
Sirdaryo viloyatida 16 nafar,
Surxondaryo viloyatida 1 nafar,
Farg`ona viloyatida 24 nafar,
Xorazm viloyatida 21 nafar,
Toshkent viloyatida 85 nafar,
Toshkent shahrida 63 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog`ayganlar jami 187003 (+297) nafarga etdi va sog`ayish ko`rsatkichi 98 foizni tashkil etmoqda.
️Shuningdek, 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1367 nafarni tashkil qildi.
"Mamlakatimizda koronavirus bilan bog`liq vaziyat yaxshilanayotgan bo`lsa-da, aholidan hotirjamlikka berilmaslikni, belgilangan karantin qoidalariga qat`iy rioya qilishlarini va bu orqali o`zlarini hamda boshqa yurtdoshlarimizning salomatligini asrashini so`rab qolamiz",–dedi vazirlik.






