Avvalroq, Qashqadaryo viloyati hokimi o`zgarishi kutilayotgani haqida xabar bergan edik.
Prezident Matbuot kotibining xabar berishicha, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmonlari bilan Zoyir Toirovich Mirzaev boshqa ishga o`tishi munosabati bilan Qashqadaryo viloyati hokimi lavozimidan ozod etildi, Murotjon Berdialievich Azimov Qashqadaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.






