AsosiyJamiyat

"Yo`lovchilarga issiq ovqat va kutish uchun sharoit qilib berildi". Toshkentdan Istanbulga rejalashtirilgan reys bir sutkadan ko`pga kechiktirildi

'"Yo`lovchilarga issiq ovqat va kutish uchun sharoit qilib berildi". Toshkentdan Istanbulga rejalashtirilgan reys bir sutkadan ko`pga kechiktirildi'ning rasmi

Turk aviakompaniyasining reysi Toshkentdagi ob-havo sharoiti tufayli 5 soatga kechiktirilgan edi. Shundan so`ng, parvozning bekor qilinishi e`lon qilindi. Barcha yo`lovchilar Toshkent aeroportiga qaytishdi. Ertalabki parvoz uchun chiptalar qayta chiqarilgan. Bu haqda "Uzbekistan Airports" Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Ma`lum qilinishicha, yo`lovchilarning bir qismi shaharga qaytishgan. Aeroportda qolishga majbur bo`lganlar uchun aeroport xodimlari issiq ovqat va kutish uchun sharoit yaratib bergan.

Turk Havo Yo`llari vakolatxonasi ma`lumotlariga ko`ra, TK-369D reysi Toshkentdan Istanbulga 18 noyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 09:00 da parvoz qildi. Yo`lovchilarni ro`yxatga olish soat 06:00 da boshlangan.

 

 

    Boshqa yangiliklar