AsosiyJamiyat

Go`daklar oziq-ovqat mahsulotlariga bo`lgan ehtiyojlarni qondirish talab darajasida emas — Senat

'Go`daklar oziq-ovqat mahsulotlariga bo`lgan ehtiyojlarni qondirish talab darajasida emas — Senat'ning rasmi

Senat yalpi majlisida homilador va reproduktiv yoshdagi ayollar hamda go`daklarga ko`rsatilayotgan tibbiy yordam holati yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga parlament so`rovi yuborish masalasi muhokama qilindi. Bu haqda Senat Axborot xizmati xabar bermoqda. 

Majlisda Fan, ta`lim va sog`liqni saqlash masalalari qo`mitasi tomonidan hududlarda homilador va reproduktiv yoshdagi ayollar hamda go`daklarga ko`rsatilayotgan tibbiy yordamga oid qonun hujjatlari ijro etilishi holati o`rganilgani va mavjud muammolardan kelib chiqib hukumatga parlament so`rovi yuborish taklifi kiritildi.

Bugungi kunda, respublika bo`yicha sog`liqni saqlash tizimidagi homilador, tug`uvchi va tuqqan ayollar hamda yangi tug`ilgan chaqaloqlarga 226 ta tug`ruq muassasasi, shu jumladan 18 ta perinatal markaz va Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi hamda Respublika “Ona va bola skrining” markazi, uning 13 ta hududiy filiali tomonidan tibbiy xizmat ko`rsatib kelinmoqda.

Shu bilan birga, mavjud tug`ruq muassasalarining sig`imi mamlakatda tug`ilish darajasiga mos kelmasligi alohida qayd etildi.

2019–2023 yillarda reproduktiv yoshdagi ayollar, homiladorlar va bolalarga ko`rsatiladigan tibbiy yordam sifatini oshirish va ko`lamini kengaytirishga yo`naltirilgan chora-tadbirlar dasturida belgilangan qator vazifalar o`z vaqtida bajarilmaganligi, tug`ruq muassasalari, “Ona va bola skrining” markazlari moddiy-texnik holati hamda ularda belgilangan sanitariya me`yorlariga rioya qilinishi, sohaga malakali kadrlarni jalb etish, mahallalarda har bir reproduktiv yoshdagi ayolni “Ayollar maslahatxonalari” va “O`smir qizlar markazlari” tomonidan xizmat ko`rsatilishi bo`yicha qamrab olish masalasida muammolar mavjudligi qayd etildi.

Ta`kidlanganidek, “Ona suti bilan oziqlantirishni qo`llab-quvvatlash hamda go`daklar va kichik yoshdagi bolalar oziq-ovqat mahsulotlariga doir talablar to`g`risida”gi Qonunda belgilangan me`yorlarni to`liq ijrosini ta`minlash hamda go`daklar va kichik yoshdagi bolalar oziq-ovqat mahsulotlariga bo`lgan ichki ehtiyojlarni qondirish talab darajasida emas.

Ko`tarilgan masalalar yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar hamda ko`zda tutilgan rejalar haqida tushuntirish berishni so`rab, Vazirlar Mahkamasiga parlament so`rovi yuborish bo`yicha Senat qarori qabul qilindi.

    Boshqa yangiliklar