AsosiyJamiyat

O`zbekiston – Rossiya ikkinchi mediaforumi boshlandi

'O`zbekiston – Rossiya ikkinchi mediaforumi boshlandi'ning rasmi

Bugun poytaxtimizdagi “Xalqaro media-xoll”da OAV sohasi bo`yicha O`zbekiston – Rossiya ikkinchi mediaforumi boshlandi. Videokonferens aloqa shaklidagi mediaforum O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoening Rossiya Federasiyasiga tashrifi arafasida  tashkil etildi.  

Tadbirdan ko`zlangan asosiy maqsad — ikki mamlakatning axborot sohasidagi aloqalarni kuchaytirish, media sohasi vakillarning o`zaro yaqindan tanishuvi, kontent almashish hamda kadrlar tayyorlash bo`yicha hamkorlikni mustahkamlashdan iborat. Unda O`zbekiston va Rossiyaning etakchi ommaviy axborot vositalari vakillari, professor-o`qituvchilar, talabalar ishtirok etishmoqda.

Tadbir O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi,  Rossiya Federasiyasining Raqamli rivojlanish, aloqa va ommaviy kommunikasiyalar vazirligi, O`zbekiston Elekron ommaviy axborot vositalari milliy assosiasiyasi bilan hamkorlikda o`tkazilmoqda.  

Mediaforumda  O`zbekiston Respublikasi tomonidan Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi direktori Asadjon Xodjaev, O`zbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisi Alisher Xadjaev, O`zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikasiyalar universiteti rektori Sherzodxon Qudratxo`ja, O`zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiasiyasi boshqaruvi raisi Firdavs Abduholiqov so`zga chiqib, so`nggi yillarda O`zbekiston va Rossiya o`rtasida har tomonlama hamkorlik aloqalari rivojllanib borayotgani, xususan ommmaviy axborot vositalari faoliyatiida ham bu hamkorlik yaqqol o`z aks topayotganini ta`kidladilar.  

–Mamlakatimizda yuz berayotgan o`zgarishlarni jahon hamjamiyatiga etkazishda rossiyalik hamkasblarimiz bilan hamkorlik katta ahamiyat kasb etadi, - dedi O`zEOAVMA boshqaruvi kengashi raisi F.Abduxoliqov. – Jumladan, “Rossiya segodnya” axborot agetligi. “Mir”, Kultura”, “Rosssiya24” teelekanallari  singari Rossiyaning etakchi media tashkilotlari bilan muntazam hamkorlik yo`lga qo`yilgan. Joriy yilning o`zida mazkur ommaviy axborot vositalarida yuzlab Yangi O`zbekistonda yuz berayotgan o`zgarishlar haqida yuzlab materiallar, jumladan 10 ga yaqin hujjaatli filmlar namoyish qilindi.  

Tadbirda Rossiya Federasiya Raqamli rivojlanish, aloqa va ommaviy kommunikasiyalar vaziri o`rinbosari Bella Cherkesova, Butunrossiya davlat teleradiokompaniyasining Xalqaro aloqalar direksiyasi rahbari Pyotr Fyodorov, “Rossiya bugun” xalqaro axborot agentligi bosh direktori Dmitriy Kiselyov, TASS axborot agentligi bosh direktorining birinchi o`rinbosari Mixail Gusman kabi mutaxassislar ham ishtirok etmoqda.  

Media-forumda «Jurnalistika ommaviy kommunikasiyalar va axborot texnologiyalari sohasida malakali kadrlar tayyorlashda zamonaviy yondashuvlar», «OAVni raqamlashtirish sharoitida jurnalistik ta`lim: kasbiy vakolatlar va qadriyatlar», «Jurnalistlar malakasini oshirishda O`zbekiston va Rossiya hamkorligi istiqbollari» kabi mavzularda fikr almashish ko`zda tutilgan.  

Shuningdek, animasion kontentni ishlab chiqarish va tarqatish, telekommunikasiyalar orqali qulay imijni shakllantirish, o`zaro kontent almashish uchun Rutube videoxostingidan foydalanish bo`yicha hamkorlikni yo`lga qo`yish masalalari muhokama etiladi. Shuningdek, mediaforum doirasida rossiyalik mutaxassislar ishtirokida trening ham tashkil etilishi rejalashtirilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar