Respublikamizda bu tamoyilning qanchalik ahamiyatga ega ekanligini biz koronavirus infeksiyasining mamlakatimizga kirib kelishi va aholi orasida tarqalishining oldini olish uchun olib borilayotgan ishlar ko`lamida ko`rishimiz mumkin.
Xorijiy davlatlarda laboratoriya tekshiruvlaridan o`tgan va yuqori baholangan vaksinalarning olib kelinishi, karantin vaqtida dori-darmon vositalari bilan aholining etarlicha ta`minlanishi respublikamizda ham aholining salomatligi har doim e`tiborda ekanligining isbotidir.
Respublikamiz hududlarida tashkil etilgan emlash punktlari va emlash mobil birgadalari tomonidan dastlab aholining 65 yoshdan yuqori va keyinchalik 18 yoshdan kattalarni bepul emlash ishlari tashkil etildi.
Xorij davlatlarida ishlab chiqarilgan vaksinalarni aholi salomatligini har narsadan ustun qo`ygan holda mamlakatimizga olib kelinmoqda. Koronavirusga qarshi yagona chora bu – unga qarshi emlanishdir!
Vaksina – yagona chora bo`lganligi sababli mamlakatimizda aholini emlash bo`yicha bir qancha qonun-qoidalar ishlab chiqildi. Bu kabi qonunlarga amal qilmaslik holatlari ustidan qattiq nazorat tadbirlari olib borildi.
Lekin aholi orasida qanchalik tushuntirish tadbirlari tashkil etilishiga qaramasdan Toshkent viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi va hududiy bo`limlari tomonidan viloyatda 1863 ta tekshirish tadbirlari tashkil etilgan vaqtda 6526 nafar fuqaro vaksina olmaganligi aniqlandi. Ulardan 1402 nafari tadbirkorlik sub`ektlari va 5035 nafari esa byudjet tashkilotlarida mehnat faoliyatini olib borayotgan fuqarolardir.
Bu kabi fuqarolarga albatta qonunchilikda belgilangan talablarga amal qilmaganligi uchun qonuniy choralar ko`rildi. Bunday holatlar Toshkent viloyatida 3608 tani tashkil etadi. Bular orasida 3229 nafar xodim vaqtincha ishdan chetlashtirilgan, 374 nafari tegishli tartibda jarimaga tortilgan bo`lsa, beshtasi faoliyati to`xtatilgan ob`ektlardir.






