AsosiyJamiyat

Qashqadaryoning yangi hokimiga yangi o`rinbosar tayinlandi

'Qashqadaryoning yangi hokimiga yangi o`rinbosar tayinlandi'ning rasmi

 Uzakov Ulugbek Yuldashevich - viloyat hokimining qishloq va suv xo`jaligi masalalari bo`yicha birinchi o`rinbosari sifatida tayinlandi.  Bu haqda viloyat hoкimligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma`lumot o`rnida:

Ulug`bek Uzakov 1969 yil Toshkent viloyatida tug`ilgan. Toshkent davlat agrar universitetini tamomlagan.

U Toshkent viloyati hokimining qishloq va suv xo`jaligi masalalari bo`yicha birinchi o`rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi.

Ma`lumot uchun, endilikda viloyat hokimining 2 nafar birinchi o`rinbosari mavjud. Erkaev Nodir - viloyat hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag`allikni qisqartirish masalalari bo`yicha birinchi o`rinbosari.

Eslatib o`tamiz, biroz avval viloyat hokimi Zoyir Mirzaev boshqa ishga o`tishi munosabati bilan vazifasidan ozod etilib,uning o`rniga Murodjon Berdialievich Azimov Qashqadaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlan edi.

    Boshqa yangiliklar