AsosiyJamiyat

Sherzod Kudbiev: "Maqsadimiz byudjetni to`ldirish emas"

'Sherzod Kudbiev: "Maqsadimiz byudjetni to`ldirish emas"'ning rasmi

Avval xabar qilganimizdek, Davlat soliq inspeksiyasida "Soliq ma`murchiligining samarasini oshirish orqali tadbirkorlarga teng sharoitlarni yaratish" mavzusida matbuot anjumani bo`lib o`tdi.

Yig`ilishda Davlat soliq qo`mitasi rahbari ayrim tadbirkorlar tomonidan kelib tushayotgan e`tirozli masalalarga ham to`xtalib o`tdi.

"Biz ko`p marotaba ta`kidlaymiz. Insofli soliq to`lovchi uchun ko`makchimiz.  Biroq ijtimoiy tarmoqlarda soliqchining ko`makchi ekanligi qani degan ayrim fikrlarga guvoh bo`lamiz. Nahotki, bizni qilayotgan haraktlarimiz uzoqni ko`zlab qilinayotganini tushunmasalar.  Bizni maqsadimiz byudjetni to`ldirish emas. Qonunchilikda belgilangan vazifalarimizni to`g`ri va to`laqonli amalga oshirish. Istaymizmi, yo`qmi, axborot texnologiyalari yordamida elektron tizimlarni joriy etishimiz kerak edi. Bu uchun 10 million dollar sarmoya kiritdik va yuqorida ko`rsatilgan tizimlar yaxshi ish berishidan umidvormiz," - dedi Sherzod Kudbiev. 

    Boshqa yangiliklar