AsosiyJamiyat

Rasman: Zoyir Mirzaev Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi

'Rasman: Zoyir Mirzaev Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi'ning rasmi

 Toshkent viloyati hokimligi Matbuot xizmatining xabar berishicha, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinov ishtirokida yig`ilish o`tkazilgan.  

Yig`ilishda Zaynilobiddin Nizomiddinov Prezident farmoni bilan yig`ilish ishtirokchilarini tanishtirgan.  

Unga ko`ra, viloyat hokimi D. Hidoyatov lavozimidan ozod etilib, ayni paytga qadar Qashqadaryo viloyati hokimi lavozimida faoliyat yuritib kelgan Z. Mirzaev Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan.  

 

    Boshqa yangiliklar