Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi hamda Shveysariyaning “Globogate Recruiting GmbH” tashkiloti o`rtasidagi hamkorlik kelishuviga asosan tajribali tibbiyot xodimlarini Germaniya tibbiyot muassasalariga ishga jalb qilish dasturi ishlab chiqilgan.
Nomzodlar uchun talablar:
- 39 yoshdan oshmagan bo`lishi;
- kasalxonada bemorlarni davolagan va tibbiyot sohasida 2 yillik doimiy ish tajribasiga ega bo`lishi;
- tibbiyot kolleji/texnikumini (3 yillik) tamomlagan bo`lishi;
- bemorlarga g`amxo`rlik qilish qobiliyatiga ega bo`lishi;
- Toshkent shahrida tashkil etiladigan nemis tili kurslarida 10 oy davomida ishtirok etishi;
- nomzodlar nemis tili kurslarida qatnashayotgan vaqtda mehnat faoliyati bilan shug`ullanmasligi;
- Toshkent shahridagi Gyote instituti imtihonlaridan muvaffaqiyatli o`tishi;
Loyihada ishtirok etishni istagan fuqarolarga quyidagi sharoitlar yaratib beriladi:
- Toshkent shahrida bepul turur joy;
- o`quv xonasi;
- oylik stipendiya.
Shuningdek, "Globogate Recruiting GmbH" quyidagi xarajatlarni qoplab beradi va xizmatlarni kafolatlaydi:
- nemis tili o`qituvchisi va o`quv materiallari;
- til darajasi uchun Toshkentdagi Gyote institutida imtihon topshirish;
- hujjatlarni tarjima qilish va tasdiqlash;
- o`quv dasturini muvaffaqiyatli tamomlagan nomzodlar uchun viza olish va Germaniyada ishga joylashish;
- Toshkent xalqaro aeroportidan Germaniyaga aviachipta va Germaniyadagi aeroportdan ish joyigacha transfer;
- mehnat sharoitlari nemis hamshiralari bilan bir xil (oylik 2 300 evrodan, nafaqa, sug`urta, ta`til) va butun jarayon davomida doimiy qo`llab-quvvatlash.






