Amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi a`zolari, vazirlar lavozimga tayinlanishidan avval ularning nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasida deputatlar tomonidan ko`rib chiqiladi.
2021 yil 18 noyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo`lib o`tdi. Unda deputatlar Davlat bojxona qo`mitasi raisi lavozimiga Akmalxo`ja Mavlonov nomzodini ko`rib chiqdilar va ma`qulladilar.






