1

Genom bo`yicha davlat ro`yxatiga olish tartibi belgilandi

Jamiyat 18.11.2021, 23:32
Genom bo`yicha davlat ro`yxatiga olish tartibi belgilandi

Hukumat qarori bilan Genom bo`yicha davlat ro`yxatiga olish tartibi to`g`risidagi nizom tasdiqlandi  

 Nizomga muvofiq, genom bo`yicha davlat ro`yxati IIVning Ekspert-kriminalistika bosh markazi tomonidan yuritiladi.

Genom bo`yicha davlat ro`yxatiga olish – biologik materialdan foydalanish, odamning shaxsini, tanib olinmagan murdani aniqlash uchun genomga oid axborotga ishlov berish bilan bog`liq faoliyat.

 Quyidagilar genom bo`yicha majburiy ro`yxatga olinadi:

▪️ og`ir va o`ta og`ir jinoyat, jinsiy erkinlikka qarshi jinoyat, 16 yoshga to`lmaganlar bilan jinsiy aloqa qilish va ularga uyatsiz harakatlar qilish bilan bog`liq jinoyat sodir qilganlar;

▪️ og`ir va o`ta og`ir jinoyat sodir etishda gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi tariqasida jalb qilinganlar;

▪️ tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergov jarayonida biologik material olingan aniqlanmagan shaxslar;

▪️ tanib olinmagan murdalar.

 Jazoni ijro etish muassasalari va probasiya xizmati genom bo`yicha majburiy ro`yxatga olinadigan shaxslar ro`yxatini shakllantiradi.

 Genom bo`yicha ixtiyoriy ravishda davlat ro`yxatiga olish fuqarolarning yozma arizasiga ko`ra pullik amalga oshiriladi.

Mazkur tartib 2023 yil 1 yanvardan kuchga kiradi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1