1

Bektemir postida pirotexnika vositalarini noqonuniy tarzda olib ketayotgan shaxslar aniqlandi

Jamiyat 18.11.2021, 23:43
Bektemir postida pirotexnika vositalarini noqonuniy tarzda olib ketayotgan shaxslar aniqlandi

Tekshiruvlar davomida pirotexnika vositalarini noqonuniy tarzda olib ketayotgan shaxslar aniqlanishi davom etmoqda. Bu haqda IIV YHXB ma`lum qildi.

17 noyabr kuni soat 23:20 larda, Bektemir tumanida joylashgan “Sharq” YPX maskanida xizmat olib borayotgan, Toshkent shahar IIBB YHXB YPX xodimi M.Sharipov tomonidan Toshkent viloyatidan poytaxtga kirib kelayotgan, haydovchi, 1980 yilda tug`ilgan A.M. boshqaruvidagi "Lacetti" rusumli avtomobil to`htatilib xolis va guvohlar ishtirokida tekshirilganda, avtomobil yukxonasidan 2 dona qutilarga solingan, jami 236 dona xar-xil turdagi pirotexnika vositalari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, haydovchi A.M. va aniqlangan vositalar Bektemir tumani IIO FMBga topshirilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1