1

Endilikda korrupsiya haqida xabar berganlarning qarindoshlari ham davlat himoyasida bo`ladi

Jamiyat 19.11.2021, 10:40
Endilikda korrupsiya haqida xabar berganlarning qarindoshlari ham davlat himoyasida bo`ladi

O`zbekiston Respublikasining korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirilishi munosabati bilan O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risidagi Qonun  (O`RQ–729-son, 18.11.2021 y.) Prezident tomonidan imzolandi.

Kiritilgan qo`shimchalarga ko`ra, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xodimlari korrupsiyaviy huquqbuzarliklar sodir etilishini o`rganish va tahlil qilish uchun jazoni ijro etish muassasalariga moneliksiz kirishga, hujjatlar bilan tanishishga haqli ekanligi belgilandi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan har yili korrupsiyaga qarshi kurashish to`g`risidagi milliy ma`ruzani Oliy Majlisga taqdim etadi.

Endilikda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to`g`risida axborot berayotgan shaxslarning qarindoshlari ham davlat himoyasida bo`ladi (ilgari faqat xabar bergan shaxslar nazarda tutilgan.)

 Qonun rasmiy e`lon qilingan kundan e`tiboran kuchga kiradi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1