1

O`zbekistonda koronavirus bilan kunlik kasallanish holatlari 270 tadan pastladi

Jamiyat 19.11.2021, 10:50
O`zbekistonda koronavirus bilan kunlik kasallanish holatlari 270 tadan pastladi

Kecha yurtimizda 270 nafarga yaqin kishida koronavirus infeksiyasi aniqlanib, 12 ta hududda yana 310 nafardan ziyod bemor kasallikdan to`liq sog`aydi. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi xabar berdi. 

2021 yil 18 noyabr holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 190850 (+266) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

19 nafari Andijon viloyatida,

8 nafari Buxoro viloyatida,

6 nafari Jizzax viloyatida,

4 nafari Navoiy viloyatida,

13 nafari Namangan viloyatida,

19 nafari Samarqand viloyatida,

3 nafari Sirdaryo viloyatida,

3 nafari Surxondaryo viloyatida,

19 nafari Farg`ona viloyatida,

15 nafari Xorazm viloyatida,

66 nafari Toshkent viloyatida,

91 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

 

️Kecha kun davomida:

Andijon viloyatida 12 nafar,

Buxoro viloyatida 30 nafar,

Jizzax viloyatida 8 nafar,

Navoiy viloyatida 8 nafar,

Namangan viloyatida 2 nafar,

Samarqand viloyatida 20 nafar,

Sirdaryo viloyatida 31 nafar,

Surxondaryo viloyatida 5 nafar,

Farg`ona viloyatida 21 nafar,

Xorazm viloyatida 6 nafar,

Toshkent viloyatida 64 nafar,

Toshkent shahrida 109 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog`ayganlar jami 187319 (+316) nafarga etdi va sog`ayish ko`rsatkichi 98 foizni tashkil etmoqda.

️Shuningdek, 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1370 nafarni tashkil qildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1