AsosiyJamiyat

Yo`l harakati sohasidagi huquqbuzarliklar uchun belgilangan jarimalar miqdori kamaytirilmoqda

'Yo`l harakati sohasidagi huquqbuzarliklar uchun belgilangan jarimalar miqdori kamaytirilmoqda'ning rasmi

Senat yigirma birinchi yalpi majlisida “Transport va moliya sohalaridagi ayrim huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun ma`muriy jazolar liberallashtirilishi munosabati bilan O`zbekiston Respublikasining Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksiga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish haqida”gi Qonun ko`rib chiqildi. Bu haqda Senat Axborot xizmati xabar bermoqda. 

Ta`kidlanishicha, davlat rahbarining tashabbusi bilan keyingi 5 yilda mamlakatda qonun ustuvorligini ta`minlash, shuningdek tizimlashtirilgan qonunchilik bazasini shakllantirish, amalga oshirilayotgan islohotlarning huquqiy asoslari ta`minlanishi borasida qator chora-tadbirlar ko`rilmoqda.

Ma`lumki, Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksda nazarda tutilgan yo`l harakati sohasidagi huquqbuzarliklar uchun belgilangan ma`muriy javobgarliklar miqdori hozirgi zamon talablari va xavflilik darajasiga to`liq javob bermaydi.

Ushbu Qonun bilan ma`muriy huquqbuzarliklarning xavflilik darajasidan kelib chiqib, maqbullashtirish maqsadida 5 ta modda sanksiyasi miqdori kamaytirilmoqda. Xususan, transport vositalari egalari tomonidan sug`urta polisini olmaganlik yoki muddati o`tgan sug`urta polisi yoki sug`urta polisida nazarda tutilmagan shaxs avtotransport vositasini boshqarganligi, yo`lovchilarni lisenziyasiz tashish bilan shug`ullanganligi, pasport tizimi qoidalarini buzganligi, fuqarolar tomonidan valyuta qiymatliklarini noqonuniy olish yoki o`tkazish uchun jarima miqdori kamaytirilmoqda.

Qonun Senatorlar tomonidan ma`qullandi.

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar