AsosiyJamiyat

"O`zgidromet" dam olish kunlari ob-havo qanday bo`lishi haqida ma`lum qildi

'"O`zgidromet" dam olish kunlari ob-havo qanday bo`lishi haqida ma`lum qildi'ning rasmi

O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko`ra, bugun kunduz kuni respublika hududi bo`yicha yog`ingarchiliksiz ob-havo bo`lishi kutilmoqda. Kunning o`rtasiga kelib, havo 5-10° iliqgacha isiydi.

Dam olish kunlarida yog`ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi, sovuq antisiklon sharqiy tomonga qarab siljiydi, havo harorati ko`tariladi. Ertaga kechasi 1-6° sovuq, kunduz kuni 8-13° iliq bo`ladi. Yakshanba kuni havo yanada isiydi, kechasi harorat 2° sovuq-3° iliqgacha, kunduz kuni 14-17° iliqgacha ko`tariladi.

    Boshqa yangiliklar