AsosiyJamiyat

Toshkentda avtomobilni xavfli boshqarib, hozirda xorijda yurgan yigit javobgarlikka tortildi

'Toshkentda avtomobilni xavfli boshqarib, hozirda xorijda yurgan yigit javobgarlikka tortildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari tomonidan avtomobilni xavfli boshqarish  haydovchining videosi tarqaldi. 

Unda haydovchining yo`l harakati qoidalarini mensimasdan avtomobil boshqarib, atrofdagilar uchun xavf tug`dirgani aks etgan.

Toshkent shahar IIBB Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari ushbu foydalanuvchiga e`tibor qaratib, uning shaxsini aniqlashdi. Kadrdagi transport vositasi “Lacetti” (davlat raqami 01 074 TBA) rusumli avtomobil ekanligi, suratga olish davomida uni boshqargan haydovchi esa 19 yoshli Sh.A. ekanligi ma`lum bo`ldi. 

Ayni vaqtda yigit ota-onasidan biri bilan birga xorijda. O`zbekistonga qaytishi zahoti u bilan profilaktik suhbat o`tkazish rejalashtirilgan. Shuningdek Sh.A.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksining 128 prim.5-moddasi bo`yicha bayonnoma rasmiylashtirilgan.

 

    Boshqa yangiliklar