AsosiyJamiyat

Tojikiston fuqarolarining orzusi O`zbekistonda ushaldi

'Tojikiston fuqarolarining orzusi O`zbekistonda ushaldi'ning rasmi

Tashkent Chariev va Mamasuluv Jumanazarovalar asli Tojikiston Respublikasi fuqarosi. Taqdir taqozasi ila ko`p yillar avval viloyatimizning nishon tumaniga ko`chib kelishgan va shu erda umrguzaronlik qilmoqda.

1995 yilda oilaning katta farzandi Sarvi Charieva, 1997 yilda o`g`li Qadamboy Chariev hamda 1999 yilda kichik qizi Bibi Charievalar tug`ilgan.

    Ammo ota-ona har qancha harakat qilmasin, har uchala farzandiga ham tug`ilganlikni tasdiqlovchi guvohnoma ololmagan. Bolalariga guvohnoma olish uchun ota-onaning hujjati suralar, ularda esa kerakli hujjatlar yo`q edi.

   Ana shunday qilib katta farzandining yoshi 26 ga, kichiklariniki 24 va  22 ga etdi hamki, ularga guvohnoma ololmadi. Ota-ona bu muammoga endi nevaralari ham duch kelishini o`ylab qiynalar, shu bilan birgalikda, muammoni hal etishga ham chorasiz edi.

      Mutasaddilar tomonidan hududda o`tkazilgan o`rganishlardan birida ular shu muammoni amaliy hal etish, farzandlariga tug`ilganlikni haqidagi guvohnoma olishda yordam so`radi.

Natijada mutasaddilar tomonidan ushbu muammoni hal qilish bo`yicha tegishli chora-tadbirlar rejasi tuzilib, unga  asosan avvalo, fuqarolik ishlari bo`yicha sudning hal qiluv qarori bilan Tashkent Chariev va Mamasuluv Jumanazarovaning uch nafar farzandi uyda tug`ilganligi fakti tasdiqlandi.

Shundan so`ng ular uchun tug`ilganlikni tasdiqlovchi guvohnomalar tayyorlanib, tantanali tarzda topshirildi.

- Bu men uchun quvonarli voqea bo`ldi, - deydi 26 yoshli Sarvi Charieva. - Axir shu paytgacha men fuqaro sifatida hech qanday huquqlarga ega emasdim. Yaxshilarning yordami bilan bugun rasman shaxsim tasdiqlandi. Endi boshqa yoshlar kabi ko`plab imkoniyatlardan men ham,ukalarim ham foydalanishimiz mumkin. Bu boradagi ishlar davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar