Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida CAFA U-15 turniri bahslari boshlandi. Unda O`zbekiston o`smirlar terma jamoasi ham ishtirok etmoqda.
Server Jeparov shogirdlari dastlabi uchrashuvda Eronga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuv 3:2 hisobida eronlik futbolchilarning g`alabasi bilan yakunlandi. Bu haqda O`zbekiston futbol assosiasiyasining matbuot xizmati xabar berdi.
Tojikiston mezbonlik qilayotgan musobaqada O`zbekiston o`smirlar terma jamoasidan tashqari, Qirg`iziston Respublikasi, Tojikiston va Eron ham ishtirok etmoqda.






