Kecha yurtimizda 270 nafardan ziyod kishida koronavirus infeksiyasi aniqlanib, 10 ta hududda 255 nafarga yaqin bemor kasallikdan to`liq sog`aydi.
2021 yil 19 noyabr holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 191122 (+272) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
1 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida,
13 nafari Andijon viloyatida,
10 nafari Buxoro viloyatida,
4 nafari Jizzax viloyatida,
1 nafari Qashqadaryo viloyatida,
3 nafari Navoiy viloyatida,
11 nafari Namangan viloyatida,
27 nafari Samarqand viloyatida,
4 nafari Sirdaryo viloyatida,
1 nafari Surxondaryo viloyatida,
19 nafari Farg`ona viloyatida,
22 nafari Xorazm viloyatida,
65 nafari Toshkent viloyatida,
91 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida:
🔹Andijon viloyatida 24 nafar,
🔹Buxoro viloyatida 21 nafar,
🔹Jizzax viloyatida 7 nafar,
🔹Navoiy viloyatida 2 nafar,
🔹Namangan viloyatida 11 nafar,
🔹Samarqand viloyatida 29 nafar,
🔹Farg`ona viloyatida 17 nafar,
🔹Xorazm viloyatida 32 nafar,
🔹Toshkent viloyatida 63 nafar,
🔹Toshkent shahrida 48 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog`ayganlar jami 187573 (+254) nafarga etdi va sog`ayish ko`rsatkichi 98 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1373 nafarni tashkil qildi.
Shu kunlarda butun dunyoda koronavirus infeksiyasi qayta bosh ko`tardi. Ayniqsa, Evropa mamlakatlarida vaziyat anchagina tahlikali. Yurtimizda esa so`nggi vaqtlarda epidemik vaziyat ijobiy tomonga o`zgarayotgan bo`lsada, bu holat hotirjamlikka berilish uchun sira asos bo`la olmaydi. Aksincha, dunyodagi murakkab pandemik holatdan to`g`ri xulosa chiqargan holda har birimiz karantin qoidalariga qat`iy rioya qilishimiz, kasallikka qarshi to`liq emlanishimiz zarur. Unutmang, vaksina – yagona chora!






