AsosiyJamiyat

Yangi vazir ta`limdagi islohotlarni yanada tezlashtirib, innovasiyalarni eng chekka hududdagi o`quvchiga etib borishini ta`minlamoqchi

'Yangi vazir ta`limdagi islohotlarni yanada tezlashtirib, innovasiyalarni eng chekka hududdagi o`quvchiga etib borishini ta`minlamoqchi'ning rasmi

Yangi tayinlangan Xalq ta`limi vaziri Baxtiyor Saidov o`zining ilk ishchi tashrifini Respublika ta`lim markazi hamda A.Avloniy nomidagi ilmiy-tadqiqot instituti faoliyati bilan tanishishdan boshladi.

“Yangi avlod darsliklarini tayyorlash jarayonini yanada tezlashtirishimiz lozim, sababi darsliklarning kechikishi jamiyat rivojlanishining kechikishi degani”, — deya ta`kidladi vazir.

Vazir darsliklardagi innovasiyalardan qishloqlarda foydalanish masalasini ko`tarib, ularni chekka hududlarga etib borishini ham ta`minlashga alohida e`tibor berish lozimligini qayd etdi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar