2021 yil sentyabr oyida Surxondaryo viloyati Denov tumanida O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismida ko`rsatilgan jinoyatni sodir etib, jinoiy javobgarlikdan qochib yurgan fuqaro ushlandi.
Bu haqda viloyat IIB ma`lumot berdi.
Qayd etilishicha, fuqaro viloyat IIB Probasiyaya bo`limi tomonidan qidiruvda bo`lgan.
D.Nodir (ism sharif o`zgartirilgan) shaxs 2 noyabr kuni viloyat IIB Post-patrul xizmati bataloni xodimlari tomonidan tuman hududida yurganligi aniqlanib, ushlangan.
Ehtiyot chorasi sifatida "qamoq" qo`llanilgan.






