AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda bayroq o`rnatilishi yana to`xtatildi, uning o`rniga...

'Qashqadaryoda bayroq o`rnatilishi yana to`xtatildi, uning o`rniga...'ning rasmi

Ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda Qarshi shahrida o`rnatilishi to`xtatilgan bayroq ustuni qayta bunyod etiladi, degan mazmunda  xabarlar tarqaldi. 

Bunga munosabat tarzida Qarshi shahrida o`rnatiladigan bayroq ustunining qurilish ishlari Qarshi shahar mahalliy byudjetining 2021 yilning III-chorak yakuni bo`yicha daromadlar rejasining oshirib bajarilgan qismidan ajratilgan mablag`lar hamda homiylik yordami hisobiga davom ettirilishi xabar qilingandi.

Ayni paytda Qarshi shahar hokimligi Axborot xizmatining xabar berishicha, ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo`lgan bu masalaga viloyat hokimi e`tibor qaratib, shahar hokimi bilan kelishgan holda ulkan bayroq ustuni qurilmaydigan bo`ldi.

Daromadlar rejasining oshirib bajarilgan qismidan qolgan mablag`lar ichki yo`llar ta`miri va kommunal sohalarni rivojlantirishga yo`naltiriladi. 

    Boshqa yangiliklar