AsosiyJamiyat

Qibraydan Toshkent shahrining Mirzo Ulug`bek tumaniga o`tkazilgan hudud va ob`ektlar ma`lum qilindi

'Qibraydan Toshkent shahrining Mirzo Ulug`bek tumaniga o`tkazilgan hudud va ob`ektlar ma`lum qilindi'ning rasmi

Toshkent viloyati hokimligi Qibray tumanidan Toshkent shahrining Mirzo Ulug`bek tumaniga o`tgan ijtimoiy ob`ektlar to`g`risida ma`lumot taqdim etdi. 

Unga ko`ra, M.Ulug`bek tumaniga jami 2294,6 gektar shundan 1002,6 gektar qishloq ho`jaligi er maydonlari o`tgan.

Bundan tashqari quyidagi ob`ektlarning M.Ulug`bek tumaniga o`tkazilishi ta`minlangan:

▪️Mahallar soni - 13 ta;

▪️Yakka tartibdagi turar joylar - 9137 ta;

▪️Noturar joylar - 428 ta;

▪️Maktablar - 2 ta;

▪️Maktabgacha ta`lim muassasalari - 4 ta;

▪️Diniy muassasalar - 1 ta;

▪️Qabristonlar - 2 ta;

▪️Tibbiy muassasalar - 1 ta.

Qibray tumanidan M.Ulug`bek tumaniga o`tayotgan aholining doimiy yashash manzili Toshkent shahri M.Ulug`bek tumani etib belgilanadi.

    Boshqa yangiliklar