Hukumat qarori (704-son, 22.11.2021 y.) bilan Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika Sud-ekspertiza markazining Sud-ekspertlik ilmiy-tadqiqot instituti faoliyati tashkil etildi.
Institut sud ekspertiza sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib boradi va ekspertiza muassasalariga ko`mak beradi.
Shuningdek, Institut tomonidan ochilmagan jinoyatlarni tadqiq etish maqsadida statistik ma`lumotlar yig`iladi.
Davlat va nodavlat ekspertiza tashkilotlarining uslubiyotlarini ilmiy jihatdan asoslanganligini ko`rib chiqish va xulosa berish Institut tomonidan amalga oshiriladi.
Institut direktori adliya vaziri tomonidan tayinlanadi va ozod qilinadi.






