Gruziyaning “Kavkaziya” telekompaniyasi mamlakatdagi siyosiy vaziyatni muhokama qilayotgan paytda jonli efirda tasodifan mushuk paydo bo`ldi.
Bu videolavha bir zumda ijtimoiy tarmoqqa tarqaldi. Boshlovchi Devid Akubardiya siyosatchi Gedevan Popxadze tashrif buyurgan dastur mavzusini o`zgartirishga majbur bo`ldi.
Akubardiyaning so`zlariga ko`ra, mushukni XIX asr oxiri — XX asr birinchi yarmida yashab o`tgan qo`mondon Kayxosro Cholokashvili sharafiga “Kakusa”, deb nomlashgan.
“Kakusa, stoldan tush”, — dedi boshlovchi mushukka. Mushuk esa chaqiriqqa hech qanday munosabat bildirmadi. Shundan keyin teleboshlovchi yana bir necha bor jonivordan studiyani bo`shatib qo`yishini so`rashga majbur bo`ldi.
Qisqa tanaffusdan so`ng jonli efir odatdagidek davom etdi.






