AsosiyJamiyat

Kamondan otish. O`zbekistonlik sportchi xalqaro Gran-Pri turniri g`olibiga aylandi

'Kamondan otish. O`zbekistonlik sportchi xalqaro Gran-Pri turniri g`olibiga aylandi'ning rasmi

Joriy yil 15-22-noyabr kunlari qo`shni Qozog`iston poytaxti Nur-Sulton shahrida kamondan otish bo`yicha Qozog`iston Respublikasida xizmat ko`rsatgan murabbiy Svetlana Li xotirasiga bag`ishlangan “GRAND-PRIX” xalqaro turniri bo`lib o`tdi

Gran-Pri musobaqasida Rossiya Federasiyasi, Qirg`iziston, Tojikiston, Belarus, Gruziya, O`zbekiston hamda mezbonlar – Qozog`istondan jami 100 nafarga yaqin sportchi ishtirok etdi. Unda O`zbekiston sharafini 2 nafar sportchi – Beknur Nasriddinov va Munisaxon Yo`ldosheva himoya qildi.

Xalqaro turnirda B.Nasriddinov MIX (aralash jamoa) mashqida faxrli 4-o`rinni egallagan bo`lsa, Munisaxon Yo`ldosheva yakkalik final bosqichida oltin medalga sazovor bo`ldi.

Boshqa yangiliklar