1

O`zbekistonda vaksinaning buster dozasini olish ixtiyoriy deb belgilandi. Buster dozasi nima uchun kerak?

Salomatlik 23.11.2021, 16:35
O`zbekistonda vaksinaning buster dozasini olish ixtiyoriy deb belgilandi. Buster dozasi nima uchun kerak?

«Moderna» va «Pfizer-BioNTech» vaksinalari ustida yaqinda o`tkazilgan tadqiqotlar shuni ko`rsatdiki, to`liq vaksina kursi olingandan ma`lum vaqt o`tganidan keyin antitanachalar miqdori kamayadi.

Dunyodagi vaksinalar etarli darajada samara berayotganligiga qaramasdan, FDA, tadqiqotlarga tayangan holda, vaksinasiyaning birinchi kursi yakunlanganidan kamida 6 oy o`tib, buster dozani (Moderna va Pfizer-BioNTech) qo`llashga ruxsat berdi. Buster doza organizmning birlamchi immun javobini tezlashtiradi, bu esa immunitetni uzoqroq vaqt saqlab turish imkonini beradi.

⠀FDA mutaxassislari buster vaksinasiyani birinchi o`rinda quyidagi shaxslarga tavsiya etadi:

  • 65 yosh va undan kattalarga,
  • uzoq muddatli parvarish muassasalarida yashaydigan 18-64 yoshdagi shaxslarga,
  • yondosh kasalliklarga ega 18-64 yoshdagi shaxslarga,
  • kasallik yuqtirish xavfi yuqori sharoitlarda ishlayotgan yoki yashayotgan 18-64 yoshdagi shaxslarga.

Dunyoning ko`pgina davlatlarida buster vaksinasiyasi turmush tarziga aylanib ulgurdi: AQShda, EI davlatlarida, Isroilda, Rossiyada va boshqa qator davlatlarda. Har bir davlatning sog`liqni saqlash organlari vaksinaning buster dozasini olish tartibi va shartlarini belgilab chiqadi.

17 noyabrdan boshlab O`zbekistonda vaksinaning buster dozasini olish ixtiyoriy deb belgilandi. U vaksina oluvchining xohishiga ko`ra istalgan tipdagi vaksina bilan, vaksinasiya kursining oxirgi dozasi olinganidan 6 oy o`tib amalga oshiriladi.

O`zingizga eng yaqin vaksinasiya punkti yoki davolash-profilaktika muassasasiga murojaat qiling.

Shuningdek, vaksinaning buster va qo`shimcha dozalari orasidagi tafovut haqida ham to`xtalib o`tish joiz:

«Qo`shimcha» deganda, immun tanqisligi bo`lgan va organizmi dastlabki vaksinasiya kursidan keyin etarli darajada himoyani yarata olmagan odamlarga yuboriladigan yana bir doza vaksina tushuniladi.

Buster doza esa — bu, organizmi etarli darajada himoya yaratgan, ammo keyinchalik bu himoya zaiflashgan odamga yuboriladigan dozani anglatadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1