AsosiySport

Tuttosport 2021 yilning eng yaxshi futbolchisini e`lon qildi

'Tuttosport 2021 yilning eng yaxshi futbolchisini e`lon qildi'ning rasmi

Italiyaning nufuzli nashrlaridan biri Tuttosport o`z talqiniga ko`ra, 2021 yilning eng yaxshi futbolchisini e`lon qildi.

Unga ko`ra, «Bavariya» forvardi Robert Levandovski yilning eng yaxshi o`yinchisi deb topildi. 

Ovoz berish yakunlariga ko`ra, ikkinchi o`rin «Chelsi» va Italiya milliy jamoasi yarimhimoyachisi Jorjinoga nasib etgan. Uchinchi o`rindan esa «PSJ» va Argentina milliy jamoasi hujumchisi Lionel Messi joy olgan.

Nashr o`z an`anasiga ko`ra, g`olib nomini hay`at a`zolari safidagi Andrey Shevchenko, Lotar Matteus, Xristo Stoichkov, Emilio Butrageno, Pavel Nedved, Luka Toni, Samyuel Eto’O, Alessandro Kostakurta, Edvin Van der Sar, Xuan Sebastyan Veron, Ruy Koshta singari taniqli sobiq o`yinchilar yordamida aniqladi.

Levandovski o`tgan mavsum ham Tuttosport tomonidan yilning eng yaxshi o`yinchisi deb topilgandi. 

Eslatib o`tamiz, polshalik forvard «Bavariya» safida Bundesliga chempioni va eng yaxshi to`purari bo`lgandi. Jorjino esa klubi bilan EChLda g`olib bo`lgan bo`lsa, milliy jamoasi bilan Evro-2020 bosh sovriniga ega chiqdi. Messi esa Argentina milliy jamoasi safida Amerika kubogi, «Barsa» bilan esa kubok sohibi va La Liganing eng yaxshi to`purariga aylangandi.

    Boshqa yangiliklar