25-26-noyabr kunlari vazirlik va idoralarda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar o`rtasida “Sport nafislik va salomatlik manbai” shiori ostida “Gimnastrada” (Gimnastika barcha uchun) sport musobaqasi bo`lib o`tadi.
Moliya instituti sport zalida tashkil etiluvchi musobaqada 50dan ortiq vazirlik va idoralarning markaziy apparatida xizmat qiluvchi 600 nafardan ortiq xotin-qizlardan iborat terma jamoalar ishtirok etishi kutilmoqda.
Musobaqaning rasmiy ochilish marosimi 2021-yilning 25-noyabr kuni soat 10:00da bo`lib o`tadi.
Ma`lumot uchun, ushbu musobaqa O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktyabrdagi PF‒6099-son “Sog`lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-noyabrdagi 735-sonli “Aholining sog`lom turmush tarzini qo`llab-quvvatlash va jismoniy faollligini oshirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi qarori ijrosini ta`minlash maqsadida tashkil etilmoqda.