Bugun, 24 oktyabr kuni futbol bo`yicha O`zbekiston kubogi yarim finalida "Nasaf" klubi Olmaliqda AGMK jamoasi ustidan g`alaba qozonib, finalga chiqdi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimov ma`lum qildi:
"Nasaf" jamoasini shiddatli va qizg`in bahsda qo`lga kiritgan irodali g`alabasi bilan tabriklayman. Finalda ham viloyatimiz ahli bilan qo`llab-quvvatlagan holda g`alaba yor bo`lishini tilab qolamiz.