Nukusda ijarada yashovchi talaba is gazidan vafot etdi. Bu haqda Qoraqalpog`iston Respublikasi prokuraturasi xabar bermoqda.
Ma`lum qilinishicha, 2021 yil 24 noyabr kuni soat 07:00 larda Nukus shahri, 22-kichik tuman 8/6-uy, 43-xonadonda ijarada yashovchi, Nukus Davlat pedagogika institutining talabasi R.R(erkak) xonadonda o`rnatilgan isitish qozoni otashxonasidan sizib chiqqan is gazidan zaharlanib vafot etganligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan marhum R.R. nisbatan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Nukus shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.
Tekshirish harakatlari Qoraqalpog`iston Respublikasi prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.






