1

Texnologiyaning aql bovar qilmas yangiliklari

Hi-tech 28.04.2016, 10:56
Texnologiyaning aql bovar qilmas yangiliklari

NIMALARNI O`YLAB TOPIShMAYDI-Ya!

ENDI KIPRIK QOQIB SURATGA OLIShINGIZ MUMKIN
Samsung kompaniyasi displey va uch o`lchamli kameraga ega linzalarni ishlab chiqarish uchun patetn oldi. Mazkur linza yordamida siz siz shunchaki kiprik qoqib, istalgan manzarani suratga olishingiz mumkin. Aqlli linzalar boshqalaridan uncha farq qilmaydi. Farqi shuki u ko`zda aks etgan tasvirni displeyga uzatadi. Shuningdek maxsus antenna yordamida linza suratga olingan tavirlarni istalgan gadjetga, masalan smartfonga  uzatishi ham mumkin. Shuningdek smartfon yordamida linzalarni turli dasturlarga sozlash mumkin. 

ENDI ROBOT HAM ROMAN YoZADI

Bir guruh olimlar jamoasi sun`iy ong yordamida “Kompyuter roman yozgan kun” nomli qisqa roman yaratishdi. Yaponiyaning Xakodate Kelajak universiteti olimlari tomonidan yaratilgnan ushbu asar  Nikkei Hoshi Shinichi adabiy mukofotiga loyiq ko`rildi. 

The Japan News ma`lumotiga ko`ra, ushbu tanlovga 1450 ta asar taqdim etilgan. Shundan 11 ta aalgoritmlar yordaimda yozilgan. Hay`at a`zolari qaysi asarlar inson qo`li bilan, qaysi bir sun`iy ong yordamida yaratilganini oshkor etishmagan.

"Mazkur roman badiiy jihatdan mukammal yaratilganidan rosa hayratlandim. Biroq, qahramonlar xarakterini ochib berishda bir muncha kamchiliklar ko`zga tashlanadi, - deydi ilmiy fantast Satoshi Xase.

“Shu paytga qadar sun`iy ongdan asosan eimi mavjud bo`lgan ilmiy masalalarni hal etishda, turli elektron o`yinlarni o`ynashda foydalanilardi. Men kelgusida bu imkoniyatdan badiiy ijodda ham foydalanishga qaror qildim” – deydi professor va jamoa rahbari  Xitosi Masubara.

Ma`lumotlarga ko`ra, roman yozish uchun olimlar mazkur dasturga bosh qahramonlarning tarjimai holi, syujet tavsifi, asosy jumla va iboralarni kiritishgan.

ENG YuPQA NOUTBUK YaRTILDI

HP kompaniyasi sayyoramizdagi eng yupqa noutbukni taqdim etdi. 13,3-dyuymli noutbukning korpusi  alyuminiydan yasalgan bo`lib, qalinligi atigi  10,4 mm.ni tashkil qiladi. Spectre 13 deb nomlangan mazkur devays 5 aprel kuni olmmaga taqdim etildi, deb xabar beradi The Verge.
Mazkur ko`rsatkichlari bilan u Apple MacBook (13,2 mm) hamda  Dell XPS 13 (15,2 mm) singari noutbuklarni ham ortda qoldiradi. Spectre 13 ning og`irligi  1,1 kilogramm —MacBook Air (0,92 kilogramm) noutbukidan sal og`irroq. Biroq uning USB qabul qilish qurilmasi bir emas uchta, shuningdek prosessori ham ancha baquvvat, shuningdek undan 130 dollar arzonroqqa baholanadi. Yannig nouttbuk 9,5 soat davomida mustaqil ishlashi mumkin. 

 

DUNYoNI YoRQINROQ KO`RAMIZ

Google kompaniyasi yangi  Cardboard Plastic ko`zoynaklarini taqdim etdi. Bu yangilik borliqni yanada yaqinroq va yorqinroq ko`rishingizga imkon beradi, deyiladi kompaniyaning rasmiy veb-sahifasida. 

Ko`zoynakning texnik imkoniyatlari shundaki, atrofdagi tovush va tasvirlarni aniq uzatadi va barcha raqamli qurilmalar bilan ulana oladi. 

Namdan himoyalangan Google Cardboard Plastic ko`zoynaklari olti xil rangda tovlanadi, undan sayrda, ishda va sport mashg`ulotlari paytida unumli foydalanish mumkin.

YO`L KO`RSATUVChI POYAFZAL

Sport ishqibozlari mutaxassislar  uchun  IOFIT – aqlli sport poyafzalini ixtiro qilishdi.  IOFIT boshqa sport qurilmalaridan farqli ravishda yurilgan qadamlarni o`lchab boradi. Shuningdek u yoki bu harakat paytida inson tanasi to`g`ri yo noto`g`ri holatda joylashganini tahlil qiladi. Aqlli poyafzal ixtirochilari IOFITdan sport mashg`ulotlari paytida murabbiy yordamida vaqtni sportzalda  samarali o`tkazishga imkon beradi. Mazkur krossovka qadamlarning bosimini ham o`lchab boradi va oyoqning er bilan aloqasini nazorat qiladi. IOFITning zaryadlangan batareykasi 10 kunga etadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1