AsosiySport

"Navbahor"ni uch nafar futbolchi tark etdi

'"Navbahor"ni uch nafar futbolchi tark etdi'ning rasmi

Joriy yilning 27 noyabr kuni yubiley, 30-milliy chempionatimiz o`z yakuniga etdi.

Xususan, Namanganning "Navbahor" jamoasi mavsum yakuniga etganidan so`ng bir nechta futbolchilari bilan xayrlashmoqda. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi

Manbada aytilishicha, “Lochinlar” safini 3 nafar futbolchi, ya`ni, yarim himoyachilar – rossiyalik 28 yoshli Ivan Solovyov, 27 yoshli Quvondiq Ro`ziev va bolgariyalik 30 yoshli Boyan Naydenov tark etishdi. 

Ta`kidlash joizki, mazkur futbolchilar “Navbahor” safini klub bilan o`zaro ikki tomonlama kelishuv asosida tark etishdi.

O`zining jonkuyarligi hamda ajoyib o`yinlari bilan maydonda alohida ajralib turgan Ivan Solovyov jamoamiz tarkibiga 2019 yilgi mavsumda qo`shilib, 3 yil (2019-2021 yillar) davomida “lochinlar” sharafini himoya qilib, jami 70 ta o`yinda maydonga tushib, 5626 daqiqa harakatlangan holda, 6 ta golga mualliflik, 8 ta golga assistentlik qildi. 

“Lochinlar” tarkibiga joriy mavsumda qo`shilgan Quvondiq Ro`ziev esa jami 22 bahsda maydonga tushib, 1671 daqiqa harakatlandi.

Jamoa safiga shu yilgi yozgi transferda jalb etilgan bolgariyalik tajribali yarim himoyachi Boyan Naydenov esa 14 ta o`yinda maydonga tushib, 1136 daqiqa harakatlangan holda, 2 ta gol mualliflik qildi va 1 ta golga “pas” berdi. 

Boshqa yangiliklar