Bugun, 3 dekabr - Xalqaro nogironlar kuni. Bu kun 1992 yilda BMT Bosh Assambleyasining 47/3 rezolyusiyasida e`lon qilingan.
Har yili butun dunyoda nishonlanadigan imkoniyati cheklanganlar kuni ularning integrasiyalashuvi bilan bog`liq muhim muammolarni hal qilish uchun jamoatchilikni safarbar etadi.
"Ushbu kun nogironlik muammolari haqida xabardorlikni oshirishga yordam beradi",-deb yozadi YuNESKO.
Alohida qayd etiladiki, ushbu sanada BMT agentliklari, fuqarolik jamiyati tashkilotlari, ta`lim muassasalari va bir qancha tashkilotlar turli tadbirlarda hamkorlik qilish orqali barchani nogironligi bo`lganlarning muammosini hal etishga va mazkur kunni alohida ruh bilan o`tkazishga chaqiradi.