AsosiySport

Dzyudo. Sportchilarimiz Osiyo chempionatining ikkinchi kunida 9ta oltin medalga ega bo`ldi

'Dzyudo. Sportchilarimiz Osiyo chempionatining ikkinchi kunida 9ta oltin medalga ega bo`ldi'ning rasmi

Livan poytaxti Bayrut shahri mezbonligida o`tayotgan dzyudo bo`yicha o`smirlar va yoshlar o`rtasidagi Osiyo chempionatining ikkinchi kungi bahslari yakuniga etdi.  

Ikki kun davomida qit`amizning 16 davlati o`smir dzyudochilari medallar uchun tatamiga chiqishdi. Quvonarlisi, O`zbekiston o`smirlar terma jamoasi bugungi bahslarda ham raqiblaridan sezilarli ustunlikka erishib, medallar shodasiga ega chiqdi.  

Bugungi bellashuvlarda 11 nafar dzyudochimiz tomonidan 10 ta medal qo`lga kiritildi. Bugun Bayrutda 4 bor O`zbekiston madhiyasi yangradi. Ikki kunlik bahslar yakuniga ko`ra O`zbekiston 9 ta oltin, 5 ta kumush, 5 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida katta farq bilan birinchi o`rinni egalladi.  

Qozog`iston terma jamoasi 3 ta oltin, 8 ta kumush, 1 ta bronza medali bilan ikkinchi o`rinni egallagan bo`lsa, Janubiy Koreya 3 ta oltin, 1 ta kumush, 7 ta bronza medali bilan kuchli uchlikka yakun yasadi. Mo`g`uliston, Hindiston, Tojikiston, Qirg`iziston, Livan va Suriya terma jamoalari hisobida kamida bitta bronza medali bo`ldi.  

Bugungi bellashuvlarda Xurshida Razzoqberdieva (-63 kg), Tuygul Hamroeva (-70 kg), Mels Sodiqov (-81 kg) va Ibrohim Xolboev (-90 kg) shohsupaning eng yuqori pog`onasiga ko`tarilib, Osiyo chempioniga aylanishdi.

Marjona Nurilloeva (-63 kg), Shirinjon Yo`ldosheva (+70 kg) kumush, Abbos Ismoilov (+90 kg), Sarvinoz Husanova (-57 kg), Mohlaroyim To`xtamisheva (+70 kg) esa bronza medaliga sazovor bo`ldi. (https://olamsport.com/upload/storage/193750_original.jpg)

Boshqa yangiliklar