Evropa Konferensiya Ligasi 6-turida “Roma” safarda “SSKA”ga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuv 3:2 hisobida rimliklarning g`alabasi bilan yakun topdi.
Hamyurtimiz Eldor Shomurodov esa 68-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi. Shu tariqa, “Roma” guruhda o`z ochkolari sonini 13taga etkazgan holda pley-offga birinchi o`rinni egallagan holda yo`l oldi.
SSKA Sofiya – "Roma" 2:3
Gollar: 0:1 – 15 Abraxam, 0:2 – 34 Mayoral, 0:3 – 53 Abraxam, 1:3 – 75 Chatakovich, 2:3 – 90 Vildsxut.