Italiyaning Sisiliya orolida joylashgan 5 qavatli uyda portlash sodir bo`ldi. Bu haqda TASS xabar berdi.
Qayd etilishicha,Ravanusa shahridagi 5 qavatli turar joy binosi va unga tutashgan 2ta bino portlash oqibatida qulab tushgan. Natijada, 12 kishi bedarak yo`qolgan. Ulardan 3 nafari bola, homilador ayol bo`lgani aytilmoqda.
Polisiya bergan ma`lumotga ko`ra, voqea joyiga etib kelgan tezkor qutqaruv xodimlari portlashdan so`ng yong`inni o`chirishga muvaffaq bo`lishgan.