AsosiySport

Messi "Real"ga qarshi o`ynaydi. EChL 1/8 finaliga qur`a qayta tashlandi

'Messi "Real"ga qarshi o`ynaydi. EChL 1/8 finaliga qur`a qayta tashlandi'ning rasmi

Evropa Chempionlar ligasi 1/8 final uchrashuvlariga qayta qur`a tashlash maromisi bo`lib o`tdi. 

Unga ko`ra, Fransiyaning “PSJ” klubi Ispaniyaning “Real Madrid” klubiga qarshi maydonga tushadi. “Liverpul” esa “Inter” bilan bellashadi. “Manchester Yunayted” biroz jiddiy raqibga duch keldi. Raqib Madridning boshqa bir jamoasi “Atletiko” klubi hisoblanadi. 

EChL 1/8 final juftliklari:

“Zalsburg” (Avstriya) – “Bavariya” (Germaniya)

“Sporting” (Portugaliya) – “Manchester Siti” (Angliya)

“Benfika” (Portugaliya) – “Ayaks” (Niderlandiya)

“Chelsi” (Angliya) – “Lill” (Fransiya)

“Atletiko” (Ispaniya) – “Manchester Yunayted” (Angliya)

“Vilyarreal” (Ispaniya) – “Yuventus” (Italiya)

“Inter” (Italiya) – “Liverpul” (Angliya)

“PSJ” (Fransiya) – “Real Madrid” (Ispaniya).

Ma`lumot uchun, 1/8 final uchrashuvlari 15/16 – 22/23 fevral kunlari bo`lib o`tadi. Javob uchrashuvlari 8/9 – 15/16 mart kunlari o`tkazilishi rejalashtirilgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar