AsosiySport

Aguero futbolchilik faoliyatini yakunladi

'Aguero futbolchilik faoliyatini yakunladi'ning rasmi

Bugun "Kamp Nou"da "Barselona" hujumchisi Serxio Aguero ishtirokida matbuot anjumani o`tkazildi. Bu haqda Mundo Deportivo xabar berdi.

Matbuot anjumanida  Aguero va uning oila a`zolari hamda  "Barselona" prezidenti Joan Laporta ishtirok etdi.

Unda argentinalik futbolchi sog`lig`idagi muammo sababli futbolchilik faoliyatini yakunlashga majburligi haqida rasman ma`lum qilib, ko`z yoshlarini tiya olmadi.

"Futbolchilik faoliyatimni yakunlaganimni rasman e`lon qilish uchun ushbu matbuot anjumanini tashkil qildik. Men uchun hozir juda qiyin davr. Ammo bunday qarorga kelganimdan xursandman. Gap sog`liqimda yuzaga kelgan muammolar tufayli futbolchilik faoliyatimni yakunladim", - dedi Aguero.

Boshqa yangiliklar