AsosiyJamiyat
5267

O`zbekistonda Sog`lom bola haftaligi boshlandi

O`zbekiston Sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan bolalarni sog`lomlashtirish, mikronutrient etishmovchiligi tufayli kelib chiqadigan hamda parazitologik kasalliklarning oldini olish maqsadida Sog`lom bola haftaligi tashkil etildi.

Mamlakatimizda o`n uch yildan buyon A vitamini saplementasiyasi dasturi amalga oshirilmoqda. Har yili 6 oylikdan 5 yoshgacha bo`lgan bolalarga umumiy amaliyot shifokori, patronaj hamshira hamda maktabgacha ta`lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan tibbiyot xodimlari nazorati ostida A vitamini ichirilmoqda. Buning natijasida mikronutrient tanqisligi tufayli kelib chiqadigan kasalliklar keskin kamaymoqda.

Gijjalar ovqatning to`la o`zlashtirilishi va organizmning to`kis rivojlanishiga salbiy ta`sir ko`rsatadi. Ushbu kasallikning oldini olishda profilaktika muhim o`rin tutadi. O`zbekiston Sog`liqni saqlash vazirligidan ma`lum qilishlaricha, joriy yildan boshlab, Sog`lom bola haftaligi doirasida to`rt millionga yaqin bolaga A vitamini bilan birga gijjalarga qarshi “Vermoreks” dori preparati ham berilmoqda.  

Mazkur tadbirlarni tashkil etish uchun barcha tibbiyot maskanlarida, oilaviy poliklinikalarda zarur sharoitlar yaratilgan. Birlamchi tibbiy-profilaktika muassasalaridagi sog`lom bola xonasi chuqur tibbiy ko`rikdan o`tkazish va bolalarning rivojlanish bosqichlarini doimiy kuzatish uchun zarur bo`lgan tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlangan. Ona-bola tibbiy ko`rigini, laboratoriya tahlillarini o`tkazishda zamonaviy tibbiy usullardan samarali foydalanilmoqda. Shifokorlar uchun maxsus o`quv-uslubiy seminarlar tashkil etilgani, mahallalarda, xonadonlarda amalga oshirilgan tushuntirish ishlari ushbu tadbirni uyushqoqlik bilan o`tkazish imkoniyatini yaratmoqda.

Boshqa yangiliklar