"Bavariya" hujumchisi Robert Levandovski Bundesliganing 17-turida “Volfsburg”ga qarshi o`yinda o`zining navbatdagi golini urdi. Shu kuni myunxenliklar raqibi ustidan 4:0 hisobida zafar quchdi.
Qayd etilishicha, polshalik hujumchi kalendar yilida uning 43-goli hisoblanadi.
Bu natija orqali Levandovski "Bavariya"ning afsonaviy futbolchisi Gerd Myullerning rekordi yangilandi. O`z vaqtida Gerd 1972-yilda 42 ta gol urgan.