AsosiySport

"Roma" mehmonda g`alaba qozondi. Shomurodov zaxiradan maydonga tushdi

'"Roma" mehmonda g`alaba qozondi. Shomurodov zaxiradan maydonga tushdi'ning rasmi

Italiya A Seriyasining 18-turidan o`rin olgan "Atalanta" va "Roma" o`rtasidagi uchrashuv yakunlandi. Unda mehmonlar 4:1 hisobidagi ishonchli g`alabani qo`lga kiritdi. 

"Bo`rilar" safida gollarga Temmi Abraham dublga erishgan bo`lsa, Zanolo va Smolling bittadan gol urdi. "Atalanta"ning yagona goliga Kristante mualliflik qildi. 

Hamyurtimiz Eldor Shomurodov 68-daqiqada Zanoloning o`rniga maydonga tushdi.

Italiya A Seriya 18-tur

"Atalanta" — "Roma" 1:4

Gollar: 0:1 – 1 Abraxam, 0:2 – 27 Zanolo, 1:2 – 45, avtogol Kristante, 1:3 – 72 Smolling, 1:4 – 82 Abraxam.

"Atalanta" – Musso, Xatebur (Dzappakosta, 78), Palomino, Toloi, Gimshiti (Muriel, 34), Pessella (Mele, 78), de Ron, Froyler, Ilichich (Malinovskiy, 46), Pashalich (Miranchuk, 64), Sapata.

"Roma" – Ruy Patrisiu, Karsdorp, Smolling, Manchini, Rojer, Vinya, Mxitaryan (Kalafori, 89), Veretu (Kumbula, 90), Kristante, Dzanolo (Shomurodov, 69), Abraxam (Bove, 90).

Boshqa yangiliklar