AsosiyMadaniyat

O`zbekistonlik rejissyor “Moskva premerasi” xalqaro festivalida ikkita mukofotni qo`lga kiritdi

'O`zbekistonlik rejissyor “Moskva premerasi” xalqaro festivalida ikkita mukofotni qo`lga kiritdi'ning rasmi

O`zbekistonlik yosh rejissyor Sherzod Nazarovning “Ipak yo`lida” filmi “Moskva premerasi” Hamdo`stlik mamlakatlari filmlari xalqaro festivalining ikkita sovriniga ega bo`ldi. Bu haqda Kinematografiya agentligi Axborot xizmati xabar berdi. 

"Ipak yo`lida" qisqa metrajli filmi Rossiya kinoklublari federasiyasi hakamlar hay`ati tomonidan tanlovning "Konseptual nigoh uchun" maxsus mukofotiga va eng yaxshi qisqa metrajli film uchun topshiriladigan "Nozik did bilan bayon etilgan hikoya uchun" mukofotiga loyiq topildi.

Eslatib o`tamiz, yosh rejissyor Sherzod Nazarovning “Ipak yo`lida” filmi qayta tiklangan “Ipak yo`li durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida o`tkazilgan “Kino 5 kunda” tanlovida Gran-pri mukofotini qo`lga kiritgan.

Boshqa yangiliklar