AsosiySport

Xorazmlik dzyudochilar umumjamoa hisobida peshqadamlik qilishdi

'Xorazmlik dzyudochilar umumjamoa hisobida peshqadamlik qilishdi'ning rasmi

21-23 dekabr kunlari poytaxtimizdagi “Yunusobod sport majmuasi”da dzyudo bo`yicha kattalar o`rtasidagi O`zbekiston chempionati bo`lib o`tdi.

Uch kunlik murosasiz bellashuvlar yakuniga ko`ra erkaklar va ayollar o`rtasida Xorazm viloyati dzyudochilari umumjamoa hisobida birinchi o`rinni band etishdi. Ular 3 ta oltin, 5 ta kumush, 6 ta bronza, jami 14 ta medal qo`lga kiritishdi. Xorazmlik dzyudochilarning bu muvaffaqiyatiga ayollar terma jamoasi a`zolari munosib hissa qo`shishdi.

Surxondaryolik dzyudochilar ham 3 ta vaznda chempionlik shohsupasiga ko`tarilishdi. Lekin kumush medallar soni xorazmliklarga qaraganda kamroq bo`ldi – 3 ta. Bronza medallar esa bir xilda ekani e`tiborga molik jihat – 6 ta! Kuchli uchlikka 1 ta oltin, 3 ta kumush, 6 ta bronza medali bilan Toshkent shahri jamoasi yakun yasadi.

Umuman olganda, 14 ta ishtirokchi jamoadan 11 tasining kamida bitta bronza medaliga ega bo`lgani viloyatlarda dzyudo sport turining rivojlanib, yoshlar orasida ommalashib borayotganidan darak beradi.

    Boshqa yangiliklar